Kuyov emas oʻgʻil boʻlgan otam

 

Bundan 20 yil avval onamning onalari buvijonim insult olib toʻshakka mixlanib qoldilar hech kim toʻshakka mixlanmasin ekan bu esa kelinoyimga malol kela boshladi buni koʻrib turgan onajonim esa qoʻllaridan kelgancha buvijonimning oldilariga boʻlishga harakat qilardilar lekin buvimni oʻylari bir koʻcha narida edi onam uy ishi 5 ta bola tashvishi yana buvimnikiga ham har kuni 4-5 marotaba borib kelardilar meni esa buvimni oldilariga qoʻyib ketardilar kerak boʻlsam chaqirib kelasan deb .Shunday oylar oʻtdi bir kuni katta togʻam kelib vaziyatni koʻrib Zarafshon shahriga uyimga olib ketaman onamni deb uylariga olib ketdilar oradan 2 oy vaqt oʻtib onam bilan ikkalamiz buvimni koʻrgani togʻamlarnikiga keldik buvim bir ahvolda ozib ketganlar anchadan buyon yuvilmagan sochlar ust boshlari ham aytarli tozza emas edi .Kelinoyimga malol kelayotganini esa yashirmay biz qarolmaymiz dedilar .Onajonim esa uyga borganlaricha koʻzlaridan yoshlari tinmay bordilar keyin yana buvimni kichik togʻam ya'ni oʻzlarini uylariga olib keldilar .Dadam buvimni ahvollarini koʻrib boʻldi endi oʻzimizni uyga olib ketamiz dedilar va buvim bizni uyimizga olib kelishdi .Dadam onamga hamma ishing qolib ketsa ham onagga yaxshi qara dedilar.Buvim qishloqqa kelganlarini eshitgan yaqinlar kelib ketib turardi har kun,kun ora mehmonlar kelardi buvimni koʻrgani shu zaylda 4 yil oʻtdi .Onajonim buvimga yaxshi qaratdilar dadam esa nima kerak boʻlsa dori darmonmi ,oziq -ovqatmi hammasini muhayyo qilardilar. Buvijonim dadamni qoʻllarini ushlab raxmat degandek boshlarini silkitib koʻzlaridan yoshlari qoʻyilardi gapirishga ham qiynalardilarda, men esa nimaga buvim dadamga buncha raxmat aytadilar deb hayron boʻlardim,chunki oʻshanda yosh bola edimda.Mana hozir ulgʻayib hammasiga tushunib yetdim oʻgʻillari boʻla turib kuyovni qoʻliga qolganliklari uchun hijolat boʻlishlarini. Oʻqituvchilar bayrami yaqin edi men maktabga tadbirga yasanib ketayotganimda buvijonim orqamdan qoʻllarini uzatib qoldilar ,men esa ona buvim sizni chaqiryaptilar deb chiqib ketdim.Maktabda tadbir boshlanay deb turganda amakimni qizi kelib opa buvizni olib ketishdi deb kelib qoldi.Tadbirga qatnashmasdan uyga qarab yugurdim ,uyga borsam buvijonim uyimizda yoʻq edilar keyin esa togʻamlarnikiga yugurdim kelinoyim borib roʻmol boylab keling boshizga dedilar ,men esa yoʻq men buvimni koʻraman desam ham kirgizishmadi.Uyga kelib buvijonimni narsalarini quchoqlab yigʻladim lekin endi buvijonim yoʻq edilar.Odamlar qizinikida jon beribdi deb oʻylamsin deb togʻamlarnikidan chiqarishdi buvimni.Hozirgi kundagi qariyalar uyidagi qariyalarni ham dadamdek kuyovlari boʻlganida edi qariyalar uyi hecham boʻmas edi.Qiz tugʻding deb noliydigan otalarga esa aytgim keladi .Kuyov ham oʻgʻildan Ziyoda boʻladi agar insofli diyonatli kuyov boʻlsa.Shu muhitda katta boʻlganim uchunmi farzandlari boʻla turib ota onasini alohida chiqarib qoʻyganlarni eshitsam qattiq taʼsirlanaman .Bitta farzandni katta qilish uchun ota ona qancha mashaqqat chekadi lekin qariganda ota ona farzandlarga malol kelib qolarkan.Bu oʻtkinchi dunyoda eng asosiy vazifamiz ota onamiz xizmatida boʻlish emasmi aslida

Add new comment