Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala; Tuman mahalliy budjetining 2024-yil ikkinchi chorak daromadlari rejasidan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i J.Bobomurodov axborot berdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala; Tuman tibbiyot birlashmasida
2024-yilning 6 oyida aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.v.b Z.Qo‘ziyev hisobot berdi.
Kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masala; Uchquduq tumani “Navoiy” mahallasi hududida tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Uchquduq tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi Sh.Baxronovning axboroti eshitildi.
Navbatdagi masala; Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida xalq deputatlari tuman Kengashining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Najmiddinova axborot berib o‘tdi.
Kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masala; Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Ergashova axboroti eshitildi.
Add new comment