BALOGʻAT BEKATIDA ADASHMANG!

Afsuski, yoshlikning o‘tkinchi his-tuyg‘ulariga aldanib qolib, hayotida chiqib bo‘lmas egri yo‘liga ilk qadamini tashladi. U soatlab oynaga termular, o‘zini-o‘zi suqlanib tomosha qilar ekan, kibru havo yo‘llariga bandi bo‘ldi. "Yo‘limda har bir sochim tolasidek yigitlar son-sanoqsiz. Bir kulsam jonini berishga tayyor turishadi, shoshib nima qilaman, yoshman o‘ynab-kulib qolay: “Oila qurish bo‘lsa, qochmas". Qizining chakki bosgan qadamini ona sezib unga pand-nasihat qildi foydasi bo‘lmadi, qizgina bilganidan qolmadi. Ona kuyib qizining qilgan gunohlarini ko‘tara olmay, yorug‘ dunyoni bevaqt tark etdi. Anaundankeyinotavaaka tomonidanuyidanbadarg‘aqilindi.

Yillarbir-biriniquvibo‘taverdi. Bugo‘zalqizodamlaryodidanbirozko‘tarilgandiham. Uning ota uyidan bosh olib chiqib ketganiga ham 20 yil bo‘ldi-yov.  Oradan 20 yil o‘tib qadrdon shaharchasida uning paydo bo‘lishi ko‘plarni taajjubga soldi. Men ham o‘sha husni tillarda doston bo‘lgan qizni, yo‘q-yo‘q juvonni ko‘rdim. Avvaliga tanimadim. Qo‘liga aroq ushlab, ko‘chada piyanistalarga "ulfat" bo‘lib o‘tirgandi. Yuzlari ajin bilan qoplangan, qo‘llari qaltirab, sochlari to‘zg‘igan.  Ustidan aroqning ko‘lansa hidi munkib turgan kir va ranglari uniqqan ko‘ylakli bu ayolning o‘sha qiz ekanligiga sira ishonmadim. Bir paytlar qanday suluv edi-ya!...

Agar yo‘lida qoqilmay to‘g‘ri  yo‘lni tanlaganida o‘qib-o‘rganganida kasb-hunar egallaganida yetuk mutaxassis, ajoyib uy bekasi, mehribon ona, sevimli yor bo‘larmidi?!. Essiz, bekorga sarf etilgan umr. Bir qizning, bir ayolning umri shunday fojea bilan yakunlansa-ya?!

Endigina balog‘at ostonasiga qadam qo‘yayotgan gul qizim! Dunyoga ochiq ko‘z yorug‘ yuz bilan qara. Sening o‘qib bilim olishing, tanlagan kasbingning yetuk mutaxassisi bo‘lib kamolga yetishing yo‘lida ota-onang, ustoz-murab biylaring, elu-yurting qanchalik jonbozlik qilmoqda.

Ana shunday fidoiylikka javoban hayotning aldovlar, yolg‘onlar izg‘ib yurgan ko‘chasidan emas ilm-bilim ko‘chasidan yur!. Seni nurli manzillar sari yetaklovchi bilim va hunar eshigidan dadil qadamlar va beg‘ubor kulgu bilan kir. Bosgan qadamingdan gul unsin, shunda hayoting gullar kabi go‘zal bo‘ladi!

Rayhon QODIROVA.

 

Bugun  havo qizigandan qizidi. Havoning taftiga bardosh berolmagan ko‘m-ko‘k maysalar darhol o‘z rangini yo‘qotib sarg‘ish tusga kirdi. Ha, hali soat o‘n bo‘lmasidanoq, onamning: “Mollarni sug‘orib tezda ularni tol soyasiga olib bog‘la, bolam!”, deya qayta-qayta takrorlashida jon bor edi. O‘sha zahoti yugurib molxona tomon borsam, sigir-buzoqlarim havo haroratining balandligidan lohas bo‘lib qolibdi. Jonivorlarni onam tayinlaganidek, sug‘orib soyaga oldim. Bir mahal jo‘ralarim chaqirib qolishdi.

-Daryoga borib cho‘milib kelamiz, ketdim, -deyishim bilanoq, so‘rida ko‘rpa qavib  o‘tirgan onam bizga peshvoz chiqdi. -Hech qayoqqa bormaysizlar! Cho‘milsangizlar, o‘zimizning shomariq ham zo‘r. Ana shunda cho‘milaveringlar, - dedi. Onamdan: - Nyega daryoda cho‘milish uchun ruxsat bermaysiz, -desam darhol ko‘z yosh to‘kadi-da, har doim qo‘llarida dasta gul ko‘tarib, daryo bo‘yini o‘ziga makon aylagan ustozi Mansur domlani tilga oladi:

-Shu kuni havo juda isib ketdi. Har galgidek bolalar daryoga cho‘milishga borishdi. Ular orasida Mansur domlaning 15 yashar o‘g‘li – Farhodjon ham bor edi. Jo‘ralar bir vaqtda birgalikda  daryoga “kalla tashlashgan”. Bir mahal bolalarning barchasi qirg‘oqqa  chiqsa-da, Farhodjondan darak bo‘lmagan. Jo‘ralari bundan sarosimaga tushib, o‘sha zahoti uni izlashga tushgan.

Ammo... o‘qituvchimiz yolg‘iz o‘g‘lini daryo tubidan topish maqsadida g‘avvoslarni ham yordamga chaqirdi. Natija chiqmadi. Shunda kimdir: “Daryo bo‘ylab oq otyurgizish kerak. Ot qayerda  to‘xtab yerni tepaversa jasad o‘sha yerda bo‘ladi”,  deyishdi. Ana shunday ham qilindi. Lekin, naf bo‘lmadi. Keyin yana kimdir: “Shu to‘g‘rida yer ostida ikkita yo‘lak bor, balki shu yo‘laklardadir, deyishsa yana birov: “daryo qonsiragan”, dedi.

Xullas, sirli dunyoning sinoatlari 15 yoshli Farhodjonni o‘z bag‘riga oldi. Mana qator yillarki, o‘qituvchimiz daryo bo‘yini o‘ziga makon aylagan. Mabodo u kishiga taqdirga tan bering, bu ham Yaratganning sevgan bandasiga yuborgan sinovida, desak ustoz xafa bo‘lib qoladi. “Axir bolam, tirik! Men u bilan har kuni gaplashaman”, deydi.

-Ha, bilsang, ota-ona vafoti farzand uchun meros bolam. Buning aksi bo‘lsa qiyomatdir. Hech kimning boshiga solmasin bu soyani, - deydi ko‘zlariga yosh olib onam.

Bugun haftaning to‘rtinchi kuni. Onamning aytishicha qaraganda Farhodjon akam 40 yoshga to‘libdi. Huv, ana u asov daryo tomon tez-tez odimlab borayotgan, yuz-ko‘zlarini esa oppoq qirov qoplagan ustoz  bir qo‘lida aso, bir qo‘lida dasta gulni ushlagancha o‘g‘li “makon aylagan go‘sha”, tomon bormoqda. Shunda beixtiyor onamning so‘zlari yodimga tushadi. – Farzand  yurakning qonidan bunyod bo‘ladi. Hech bandaga: “Farzandim!”, degilik qilmasin. Farzand dog‘i qiyomatdir...

Javohirning so‘zlarini Nuriya Po‘latova yozib oldi.

 

Beva

"Xushro‘y holaning u yog‘i yaqinlashib,  valdirab qolibdi" deyishdi.  
Ko‘rgani kirdik.  
Odamlarning gapida "mubolag‘a" bordek tuyuldi.  Chunki holaning hali veri hushi o‘zida edi.  Faqat ko‘p yig‘laydigan bo‘lib qolganroq.  Ozgina gaplashib o‘tirdik,  ko‘rpalari kirlanib ketibdi.  Sochlari pahmaygan,  yuziga kasallikdan keyin uchuqlar gullabdi.  
      Hola yig‘ladi,  yengi bilan ko‘zlarini artdi: 
     -Yosh beva qoldim.  "Palonchining tekkan eri bolalarini tasma bilan urarkan" desa "manikilarni urmasin" debman.  Qiynalib bo‘lsayam,  elu yurtning to‘yi- to‘rtkunida dasturhonchilik qilib,  odamlarning teplisalarida ishlab yurib,  farroshlik qilib yurib- bularni boqdim...  Essizgina jonim-a.... 
    Oz-ozdan tasalli bergan bo‘ldik.  Tashqaridan mashina ovozi eshitilib,  holaning katta o‘g‘illari kelib qoldi.  O‘rnimizdan turib,  hurmat va iltifot qilgan bo‘ldik. 
      Akamiz ostonadan kirmay,  qo‘llarida parasetamol dorini shiqirlatib,  onasining ko‘rpasiga otib berdi:
     -Shuni iching,  isitmalamay yotasiz! 
  Hola qaltiroq qo‘llarini duoga ochdilar.  
-Iloyo  olganing oltin bo‘lsin!.......... 
-Ho‘p man ketdim unda,  majlisim bor. 
     Qandoq shamoldek kelgan bo‘lsalar,  shamoldek kettilar.  
    Holaning qorni ochdi shekilli tamshanib qo‘ydilar. 
     Sekin  g‘imirlab, o‘zimiz olib kelgan tugunni uy bekasidan so‘radik.
     -"Hmm, ho‘p"- degan kelin engashib qulog‘imizga pichirladi:
     "Keyin kattasini qilaman dib qoladilar, o‘zi ichlari ham yurmayapti, kamroq yeng deyapmiz"
     O‘rnimizdan qo‘zg‘oldik. Hamrohlarimiz sekin engashishib, holaning qaltiroq qo‘llariga yirik pullardan qistira boshlashdi. Hola g‘ijimlab-g‘ijimlab pullarni ko‘rpa qatlariga berkitdilar.
    -Hali anabu milisa bolam keladi. Pul bersam, uch to‘rt kun g‘iq etmay qaraydi-da- deb yasama jilmaydilar.
      "Melisa bolam" deganlari  o‘g‘il bolaga o‘xshaganroq qiz nabiralari ekan.  Ketishimizda eshik oldida ro‘para keldi.
    Uygacha "miq" etmay hamma o‘z hayollari bilan andarmon ketdik.
      Ikki oylardan keyin Xushro‘y hola vafot etdilar. Ta’ziyaga borish uchun to‘plandik. 
     -Katta o‘g‘illarining uylaridan chiqarilar ekan- deb qoldi kimdir. Ko‘z oldimga o‘zi ostonada turib,  parasetamolni shiqirlatib onasining ko‘rpasi tomonga irg‘itgan katta  o‘g‘il keldi.
     -O‘zi joni qayerda uzilibdi?!- deb so‘rab qoldi kimdir.
     -Kichik o‘g‘ilnikida o‘tib qoptilar, lekin katta o‘g‘il "kazo-kazolar keladi" deb uyiga olib ketibdi, kichik o‘g‘ilning uyi sal ta’mirtalab ekanligiga shunaqa qilishayotgan emish...
       Havozalari daranglagan, ovozlar gumbirlab chiqadigan hashamatli uyga, o‘sha o‘zimiz bilgan- odmigina yashab o‘tgan beva holamizni kuzatgani ta’ziyaga borib keldik.

 

 

Add new comment